Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yo‘qolib qolgan» asteroid topildi: u Yerga yaqinlashmoqda

«Yo‘qolib qolgan» asteroid topildi: u Yerga yaqinlashmoqda

Olimlar Yerga potensial xavfli asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi. Koinot ob’yektiga 349507 (2008 QY) nomi berildi. NASAning Yerga yaqin ob’yektlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, uning diametri 1,2 km deya baholanmoqda.

Asteroid 2023-yil 3-oktyabrda Yerga sekundiga 20 kilometrdan ortiq tezlikda yaqinlashadi. U bilan sayyora orasidagi masofa 6,3 million kmni tashkil qiladi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, Yerdan 7,5 million km uzoq masofadan o‘tuvchi jismlar potensial xavfli hisoblanadi.

Qizig‘i shundaki, bu asteroid 1989-yil sentyabr oyida kashf etilgan. Ammo keyin u 30 yildan ortiq vaqt davomida olimlar e’tiboridan g‘oyib bo‘ldi. U faqat 2023-yil fevralida yana topildi. 

Asteroid orbitasi Yer orbitasi bilan kesishadi. Biroq, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu ikki obyekt albatta to‘qnashadi, degan xulosani bermaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring