Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yig‘loqi bolaning ota-onasi qo‘shnilaridan mehr va sovg‘a olishdi

Yig‘loqi bolaning ota-onasi qo‘shnilaridan mehr va sovg‘a olishdi

ru.freepik.com

Avstraliyadagi yosh ota-ona tashvishli kunlarni boshdan kechirmoqda, chunki ularning chaqalog‘i juda yig‘loqi.

Albatta, er-xotin ertami-kechmi bolaning yig‘loqiligi qo‘shnilarning tinchini buzishidan xavotirda. Ammo er-xotin qo‘shnilari haqida noto‘g‘ri xulosa chiqargani tezda aniq bo‘ldi. Bir kuni ular eshik oldiga qo‘yib ketilgan sovg‘a – tagliklar, bolalar uchun gigiyena salfetkalari to‘plamiga duch kelishdi. Yana sovg‘alar orasida maktub ham bor edi. Xatda qo‘ni-qo‘shnilar yig‘loqi bola bilan qiynalayotgan ota-onalarga hamdard ekani, ularni qo‘llab-quvvatlashi bayon etilgan edi.

Bu voqeani internetga joylagan yosh ona yig‘lab yuborishiga sal qolganini tan oldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham qattiq ta’sirlanishdi. Ko‘rinib turibdiki, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari shunday bo‘lishi kerak. Afsuski, bunga har doim ham erishib bo‘lmaydi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring