Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Yevropada qo‘shnilar kuni

Bugun Yevropada qo‘shnilar kuni

Qo‘shnilar nafaqat insonlarda, balki  hayvonlarda, mamlakatlarda, planetalarda bor. Qo‘shnichilik ming yilchilik, deyishadi. Insonlar bir-biri bilan qo‘shni ekanligini unutmasligi uchun 2004-yil Parijda yangi bayram – Yevropa qo‘shnilar kuni ta’sis etildi. Bu bayram har yili may oyining oxirgi juma kunida nishonlanadi. Demak bugun Yevropada ushbu bayram nishonlanmoqda. Bayramga fransuz fuqarosi  Atanase Perifan asos solgan. U 1999-yilda o‘z do‘stlari bilan Parijning 17 okrugida «Paris d’Amis» assotsiatsiyasini tuzdi. Bu assotsiatsiyaning maqsadi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash, insonlarning yakkalanib qolinishining oldini olishdan iborat bo‘lgan. Assotsiatsiyaning ishtirokchilari qiyin ahvolga tushib qolgan, sharoiti og‘ir, kam ta’minlangan qo‘shnilarga kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar va mablag‘ yig‘ib yordam berishgan, ish topib berishda ham ko‘maklashishgan.

Garchi bayram Yevropa qo‘shnilar kuni deb nomlansada, yildan yilga bu kunni boshqa mamlakatlarda keng nishonlaydiganlar safi ko‘paymoqda. Ya’ni qo‘shnilar, 1450 ta hamkor shaharlar Yevropa chegaralarini «kesib o‘tmoqda»– 49 mamlakatdan 30 milliondan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

Bayram qanday nishonlanadi?

Ishtirok etuvchilar  qo‘shnilari bilan ziyofat uyushtirishadi, ya’ni bog‘da, hovlida, mahalliy jamoat zalida va h.k. Aynan shu bayram munosabati bilan hatto bir-birini bilmaydigan qo‘shnilar yaqindan tanishib oladilar. Qo‘shnilar bir-birlariga sovg‘a-salom ulashadi, mehmon bo‘lishadi, shirinliklar va tansiq taomlarni ilinishadi, xuddi bizning hayit bayramlarimizdagidek.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring