Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana ikki davlat fuqarolaridan zudlik bilan Ukrainani tark etishni so‘radi

Yana ikki davlat fuqarolaridan zudlik bilan Ukrainani tark etishni so‘radi

Foto: «Depositphotos / Rafael Ben-Ari / Chameleons Eye»

Yangi Zelandiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini zudlik bilan Ukrainani tark etishga chaqirdi. Bu haqda TIV vaziri Nanaya Maxuta vazirlik veb-saytida ma’lum qilgan.

«Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keskin vaziyat tufayli Yangi Zelandiya hukumati Ukrainadagi yangi zelandiyaliklarga ularni uylariga olib ketishi mumkin bo‘lgan tijorat reyslari mavjud bo‘lganda darhol mamlakatni tark etishni tavsiya qiladi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, Yangi Zelandiya hukumatining Ukrainadagi mamlakat fuqarolariga konsullik yordami ko‘rsatish imkoniyati cheklangan. Sababi Ukrainada Yangi Zelandiya diplomatik vakolatxonasi yo‘q.

Kiyev va G‘arb davlatlari so‘nggi paytlarda Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida «tajovuzkor harakatlari» kuchayganidan xavotir bildirishgan. Moskva bu kabi ayblovlarni bir necha bor rad etib, hech kimga tahdid qilmasligini va hech kimga hujum qilish niyatida emasligini aytgan.

Shuningdek, Avstraliya Bosh vaziri Avstralii Skott Morrison ham avstraliyaliklardan Ukrainani tark etishni so‘ragan.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainada bo‘lib turgan amerikaliklardan mamlakatni tark etishni so‘rab chiqqandi.

«Amerika fuqarolari hozir u yerni tark etishi kerak. Bu butunlay boshqacha vaziyat va hamma narsa tezda ostin-ustun bo‘lishi mumkin», — degan Bayden.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring