Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yamanda hukumat kuchlari va husiylar to‘qnashuvida 19 askar halok bo‘ldi

Yamanda hukumat kuchlari va husiylar to‘qnashuvida 19 askar halok bo‘ldi

Foto:«Sputnik International»

Yamanning al-Hudayda tumanida davlat harbiylari bilan husiylar o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda 19 nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Adan tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvda halok bo‘lgan 19 nafar harbiyning jasadlari, ko‘plab yaralanganlar Shayx Usmon tumanidagi shifoxonaga olib kelingan.

Bosh vazir Ahmad ibn Dag‘r o‘tgan kuni al-Hudayda shahrining ozod etilganini, shahar 2014-yildan beri husiylar nazoratida bo‘lganini, endilikda harbiy operatsiyalar poytaxt Sano, Toiz, Ibb, Mahvit viloyatlarida davom etishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring