Xitoyda yer ostida qolgan 23 shaxtyor qutqarib olindi

5-iyun kuni Xitoyning Bensi shahar okrugidagi Nanfen tumanida qurilish ishlari olib borilayotgan konda portlovchi vositalar olib ketayotgan yuk mashinasi portlab ketdi. Uning oqibatida esa 25 kishi yer tagida qolib ketgani xabar qilingandi.
Xabar qilinishicha, shaxtyorlarning bir guruhi mahalliy vaqt bilan 5.20 da, qolgan 17 kishi esa ikki soatdan so‘ng chiqarib olingan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
Ayni damda ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter