Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Ukrainani munosabatlar keskinlashuvidan ogohlantirdi

Xitoy Ukrainani munosabatlar keskinlashuvidan ogohlantirdi

Xitoy  Ukrainani o‘zaro munosabatlar keskinlashishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bunga «xalqaro urush homiylari» ro‘yxati sabab bo‘lgan. 

Aytilishicha, rasmiy Pekin  Kiyevning o‘ndan ortiq xitoylik kompaniyalarni «xalqaro urush homiylari» ro‘yxatiga qo‘shishi tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishi mumkinligidan ogoh qilgan.

Bu haqda Ukrainaning ikki yuqori martabali manbasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ogohlantirish Ukrainaga o‘tgan oy yetkazilgan, dedi anonim qolish sharti bilan gapirgan manbalar.

Kiyev butun dunyo bo‘ylab 48 ta kompaniya ro‘yxatini tuzdi, ulardan 14 tasi Xitoydan, ularning biznesi, Ukraina rasmiylariga ko‘ra, bilvosita Rossiyaning Ukrainadagi harbiy agressiyasiga hissa qo‘shadi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin Ukraina rasmiylariga qanday javob berishi haqida aniq xabar bermagan, biroq agentlik manbalaridan biri ta’kidlaganidek, bu mojaro, xususan, Xitoyning Ukraina donini xarid qilishiga ta’sir qilishi mumkin.

Avvalroq ham Xitoy-Ukraina munosabatlarida mahumlik bo‘y ko‘rsatgandi. Jumladan, OAVda tarqalgan xabarga ko‘ra, Xitoy bosh vaziri Davosga prezident Zelenskiy bilan uchrashishdan bosh tortgan. Zelenskiyning o‘zi mazkur xabarni inkor etdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring