Tramp Vashingtonda favqulodda vaziyat joriy etdi
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Vashingtonda favqulodda vaziyat joriy etdi. Maqsad Jo Baydenning 20-yanvar kuni o‘tkaziladigan inauguratsiya marosimida xavfsizlikni ta’minlashdir, deyiladi Oq uy xabarida.
Bungacha Vashington shahri hukumati favqulodda vaziyatni joriy etgandi. Poytaxt ma’muriyati zarur bo‘lganda xavfsizlikni ta’minlash uchun federal ko‘mak olish maqsdida Trampdan ham favqulodda vaziyat tartibini o‘rnatishni so‘ragandi.
Bugun, 12-yanvar kuni Donald Tramp Kolumbiya okrugi favqulodda vaziyatga o‘tganini va federal yordam jo‘natilganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter