Tramp Vashingtonni chiroyli shaharga aylantirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat poytaxti Vashingtonni xavfsiz va ko‘rkam shaharga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
«Amerika poytaxtida har bir yashovchi yoki sayyoh har qanday paytda o‘zini xavfsiz his etishi shart. Ko‘chalar, xiyobonlar va bog‘lar toza, obod va ko‘rkam bo‘lishi lozim», — deyiladi farmon matnida.
Farmondagi alohida bandda Vashingtonni «chiroyli» qilish ko‘rsatilgan. Shaharni obodonlashtirish dasturini bajarish bir nechta muassasaga yuklatiladi.
«Mamlakatimizning poytaxti, barchamizniki bo‘lgan yagona shahar Amerika xalqining faxriga, davlat xizmatchilari uchun xavfsiz maskanga aylanishi kerak. Afsuski, muvaffaqiyatsiz siyosat tufayli hozir unday emas», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter