American Airlines samolyotining barcha yo‘lovchilari va ekipaji a’zolari halok bo‘lgan
![American Airlines samolyotining barcha yo‘lovchilari va ekipaji a’zolari halok bo‘lgan](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_393097426.jpg)
American Airlines samolyotining barcha yo‘lovchilari va ekipaji a’zolari halok bo‘lgani aytilmoqda. Shuningdek, Sikorsky UH-60 vertolyotida bo‘lgan uch nafar harbiy halok bo‘lgan.
Bombardier CRJ700 uchuvchilari mahalliy vaqt bilan tungi soat 12 da Vashington aeroportiga qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Dispetcherlar ruxsat bergach, samolyot pasayishni boshlagan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, samolyot vertolyot bilan tenglashib, o‘zaro to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Guvohlarga ko‘ra, Bombardier 90 darajaga ag‘darilib suvga qulagan.
Aviahalokat qurbonlarining aksariyatining jasadlari haligacha topilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 64 kishi, harbiy vertolyotda uch nafar harbiy bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter