Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu 20 ta jonivor qirilib ketish arafasida (Foto)

Ushbu 20 ta jonivor qirilib ketish arafasida (Foto)

Foto: «radiosputnik.ria.ru»

1973-yil 3-mart kuni Vashingtonda «Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risida»gi konvensiya imzolandi. Bu noyob jonivor turlarining hayotini saqlab qolish uchun zarur chora bo‘lgan. «Sputnik» radiosi himoyaga muxtoj jonivorlar suratini jamladi.

1

Fossa. Bu yirtqich hayvon faqat Madagaskarda yashaydi. Odamlar tomonidan daraxtlarning kesib tashlanishi ularning yo‘qolib ketish xavfini yuzaga keltirdi.

2

Uzoq Sharq leopardi. Brakonerlar ushbu tur yo‘qolib ketishining asosiy aybdorlaridir.

3

Petersning xartumli iti. Bu — Afrika qit’asida yashovchi noyob jonivor. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, itlar sonining tez kamayishiga monogamiya sababchi.

4

Okapi. Tashqi ko‘rinishidan zebra va otga o‘xshash jonivor faqat Kongo Demokratik Respublikasi hududida yashaydi.

5

Afrika fili. Brakonerlik tufayli bu tur butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Fil suyagi va tishiga qora bozorda talab katta.

6

Katta panda. O‘rmonlarni keng miqyosda kesib tashlash oq-qora ayiqlarning yo‘qolib ketishiga olib kelmoqda. Pandalar orasida tug‘ilish darajasining pastligi vaziyatni battar yomonlashtirmoqda.

7

Qor barsi. Dunyo bo‘yicha jami 4 000 tagina qolgan. Barslar asosan brakonerlarning boshqa jonivorlarni ovlash uchun qoldirgan temir tuzoqlaridan aziyat chekmoqda.

8

Terili toshbaqa. Ular meduzalar bilan oziqlanishadi. Ularning hayotiga plastik xaltalar xavf solmoqda. Toshbaqalar xaltalarni meduza deb o‘ylab, ularni yeb qo‘yishadi va bo‘g‘ilib o‘lishadi. Sohil bo‘yidagi qurilishlar tufayli toshbaqalar yetarlicha tuxum qo‘ya olmaydi.

9

Oq karkidon. Qora bozorda karkidonning shoxiga talab kattaligi bois noyob tur yo‘qolib ketish xavfi ostida. Dunyo bo‘yicha bori-yo‘g‘i 10 ta jonivor qolgan.

10

Nozik lori. Bu lemur «sevgi» qurboniga aylanmoqda. Odamlar ularni uy jonivori sifatida brakonerlardan sotib olishadi.

11

Annam yo‘l-yo‘l quyoni. Olachipor jonivor Laos va Vetnamda yashaydi. Qurilishlar tufayli tabiiy muhitning vayron bo‘lishi quyonlarning qirilib ketishiga olib kelmoqda.

12

Daraxt kengurusi. Kenguruning bu turi o‘rmonlarni kesish tufayli qirilib ketishi mumkin. Xaltasimon jonivor kamdan-kam vaziyatlarda yerga tushadi. Chunki daraxtdan boshqa joyda yashay olmaydi. Ular uchun daraxtlarning kesilishi – ko‘chada qolishday gap.

13

Amur yo‘lbarsi. Ularning soni 550 taga ko‘paydi. Biroq ular yashaydigan hududning yetishmasligi jonivorlar uchun katta muammoga aylandi. O‘rmonlarning kesilishi vaziyatni yomonlashtirmoqda.

14

Afrika yovvoyi iti. Bu jonivorlar yuqumli kasalliklar va ular yashaydigan joylarning odamlar tomonidan yakson etilishi tufayli qirilib ketishga yaqin qoldi.

15

Ulkan fil toshbaqasi. Ularning asosiy dushmani Galapagos oroliga olib kelingan echkilar hisoblanadi. Echkilar toshbaqalarning ozuqasini yeb tugatishmoqda. Boshqa joyga ko‘chirilgan zahoti noyob toshbaqalar soni mingtaga yetdi.

16

Qora rinopitek. Bu maymun Xitoyda yashaydi va juda kam o‘rganilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ularning soni bori-yo‘g‘i 2 mingta qolgan.

17

Oq ayiq. Ushbu jonivorning yo‘qolib ketishiga bir qancha omillar sababchi: brakonerlik, global isish va Arktikaning ifloslanishi. Bugungi dunyoda 22 — 31 mingta oq ayiq qolgan.

18

Dyugon. Sut emizuvchilarning bu turi jonivorlar haqidagi bir qancha konvensiyalar tomonidan himoyaga olingan. Shunga qaramay ularning soni kamayib bormoqda. Shuncha taqiqlarga qaramay, brakonerlar ularni to‘rda ovlashmoqda.

19

Filippin uzunoyog‘i. Mitti maymunchani deyarli uyidan haydab solishgan. Ular ko‘plab omillardan qiynalishmoqda – daraxtlarni kesish, yirtqichlar va brakonerlar.

20

Qizil bo‘ri. Bu deyarli qirilib ketgan hayvon. Oxirgi 50 yil ichida qizil bo‘ri umuman tilga olinmay qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring