Ukrainalik harbiy urush haqida noxush bashorat qildi
Ukraina Qurolli Kuchlarining uchuvchisiz samolyotlar bo‘yicha mutaxassisi Sergey «Flesh» Beskrestnov «Mi — Ukraїna» telekanaliga bergan intervyusida Ukraina qo‘shinlari uchun noxush bashoratni e’lon qildi.
«4-5 oy ichida Rossiya frontdagi har bir ukrainalik askarga hujum qilish uchun yetarlicha FPV dronlariga ega bo‘ladi.
Bunday holatda, har bir Ukraina askari 99% ehtimol bilan o‘ladi, chunki FPVga qarshi ochiq maydonda omon qolish mumkin emas.
Krinkidagi dengiz piyodalarimiz allaqachon yer ostida yashirinishmoqda, bu bizni yaqin kelajakda barcha jabhalarda kutmoqda — piyodalarimiz yer ostida bo‘ladi», dedi «Flesh».
Avvalroq Rossiya ham Ukrainada dahshatli yo‘qotishlarga uchragani ma’lum qilingandi.
Shuningdek, Putin Ukrainaga qarshi urush paytida yadro qurolidan foydalanish imkoniyati haqida gapirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter