Ukraina SSV chet ellik tibbiyot xodimlaridan yordam so‘radi
Rossiyadan keng ko‘lamli hujumlar oqibatida Ukrainada harbiylar va tinch aholi o‘rtasida tibbiy yordamga muhtojlar soni ko‘payib boryapti. Shu munosabat bilan Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi chet ellik hamkasblardan yordam so‘radi.
«Shifokorlarimiz kechayu kunduz tibbiy yordam ko‘rsatish bilan band. Bu og‘ir damlarda tibbiyot tizimimiz resurs tomonlama ko‘makka muhtoj. Frontda va uning ortida shifokorlarga ehtiyojimiz juda katta», — deyiladi Ukraina SSV xabarida.
Ukrainalik shifokorlarga madad berish istagidagi xorijlik hamkasblar Ukrainaning chet ellardagi diplomatik muassasalariga murojaat qilishlari mumkinligi ko‘rsatilgan.
Xabarda aytlishicha, ikki kunlik jangovar harakatlardan so‘ng, Ukrainada yashagan salkam 200 kishi halok bo‘lgan, shundan uch nafari bolalar. Ukrainaliklar orasida jarohatlanganlar 1 115 nafar, shundan 33 nafari bolalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter