Ukraina Moskvadagi elchixonasini evakuatsiya qilishni boshladi
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi o‘z elchixonasini evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
«Ukraina TIV Ukrainaning Rossiya Federatsiyasidagi muvaqqat ishlar vakili Vasiliy Pokotiloni maslahatlashuv uchun Kiyevga chaqirib oldi va Moskvadagi Ukraina elchixonasini evakuatsiya qilishga kirishdi», — deyiladi xabarda. Ma’lum qilinishicha, Rossiyadagi ukrain konsullik muassasalari odatiy tartibda ishlashda davom etadi.
Ukraina TIV aniqlik kiritishicha, xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq tarzda RF bilan «diplomatik munosabatlarni uzish protsedurasiga kirishilgan». Rossiya bilan diplomatik munosabatlar uzilgani haqida avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bayonot bergandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23-fevral sanasida Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi bayrog‘i tushirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter