Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina harbiylari Xersonni ozod qildi (foto)

Ukraina harbiylari Xersonni ozod qildi (foto)

Kecha, 11-noyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari Xersonga kirishdi. Bu ma’lumotni Xromadskega shahar aholisi, mahalliy jurnalistlar va Xerson viloyati hokimiyatidagi manba tasdiqladi deb yozmoda Meduza nashri.

Ukraina armiyasi rus qo‘shinlari Xersonni tark eta boshlagach, shahrga kirib keldi. Tarmoqlarda Xerson aholisi Ukraina qurolli kuchlarini gul va olqishlar bilan kutib olayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Bundan tashqari Xerson viloyati ma’muriyati binosi oldida Ukraina bayroqlari ko‘tarilgan odamlarning surati paydo bo‘ldi.

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Xersonda ekanligini tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rus qo‘shinlari Dnepr daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab chekinmoqda. Ularning soni 40 mingga yaqin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring