Turmadagi to‘qnashuv natijasida 11 mahbus halok bo‘ldi — Panama
Panama poytaxti sharqida joylashgan turmada mahbuslar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Buning natijasida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi mamlakat axloq tuzatish muassasasi ma’muriyati.
— To‘qnashuv seshanba kuni Xoyita turmasida yuz bergan. Hozirda politsiya vaziyatni o‘z nazoratiga olgan. Afsuski, 11 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi, — deyiladi axborotda.
«RIA Novosti»ning yozishicha, qurbonlar va jarohatlanganlar orasida politsiya yoki turma nazoratchilari yo‘q.
Ayni vaqtda ushbu hodisa yuzasidan ma’muriy va jinoiy tergov o‘tkazilmoqda.
Zo‘ravonliklar qaytarilishining oldini olish uchun ba’zi shaxslar bir-biridan ajratib qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter