Turkmanistonda saylovlar yakunlandi, natijalar esa...

Turkmanistonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlarida ovoz berish yakunlandi.
Bu haqda 12-mart, shanba kuni Turkmaniston saylovlar va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi (MSK) ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 19.00ga qadar saylovchilarning 97,12 foizi ovoz bergan. Shu bilan birga, barcha viloyatlar va poytaxtda saylovchilarning faolligi, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 97 foizga yaqinlashdi yoki bu ko‘rsatkichdan oshib ketdi.
Xorijdagi saylov uchastkalarida saylovchilarning 90,93 foizi ovoz berdi.
Saylovda amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li 40 yoshli Serdar Berdimuhamedov bilan birga yana sakkiz nafar nomzod bor. Ammo ekspertlarga ko‘ra, qolgan nomzodlar ham amaldagi davlat rahbari siyosatiga qarshi emas va haqiqiy muxolif sifatida ko‘rilmagan.
Serdar Berdimuhamedov OAVga bergan intervyusida saylovlarda g‘alaba qilsa Turkmanistonning neytrallik pozitsiyasi o‘zgarmasligini ma’lum qilgan.
Saylov natijalari haqidagi rasmiy ma’lumotlar esa hozircha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter