Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston Ukrainaga gumanitar ko‘mak jo‘natmoqda

Turkmaniston Ukrainaga gumanitar ko‘mak jo‘natmoqda

Turkmaniston Ukrainaga gumanitar ko‘mak yubormoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.

«Gumanitar yuk dori-darmon hamda Turkmaniston tibbiy sanoatining boshqa mahsulotlari, shuningdek, to‘qimachilik buyumlaridan iborat», – deyiladi vazirlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, gumanitar ko‘mak turkman xalqining insonparvarlik an’analariga ko‘ra yo‘llanayotir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring