Turkiya tomoni Isroil bilan savdosi davom etmayotganini ma’lum qildi
Turkiyaning Isroil bilan savdosi davom etayotgani haqidagi iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Turkiya yolg‘on xabarlarga qarshi kurashish markazi ma’lum qildi.
«Ba’zi ommaviy axborot vositalarida chop etilgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan «Turkiyaning Isroil bilan savdosi davom etmoqda» degan iddao haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
Turkiya Isroil bilan eksport import operatsiyalarini 2024 yil 2 maydan boshlab barcha mahsulotlarni qamrab oladigan shaklda butunlay to‘xtatdi. Ushbu sanadan keyin mamlakatimizdan Isroilga eksport va import uchun bojxona deklaratsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilmagan», – deyiladi idora bayonotida.
Idoraning bildirishicha, ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi da’voni asoslantirish uchun ilova qilinayotgan Isroilning tashqi savdo kodi (624) tushirilgan mahsulotlar suratlari tarqatilmoqda va bu ma’lumotlar 2024 yilning may oyigacha bo‘lgan savdo ma’lumotlari hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter