Tulada 40 nafar bola o‘tirgan avtobus yo‘ldan chiqib ketdi
Rossiya federatsiyasining Tula oblasti Volinsevo qishlog‘i yaqinida avtobus yo‘ldan chiqib ketdi. O‘sha vaqtda salonda 39 (boshqa ma’lumotlarda 40) nafar bola, ikki haydovchi va yetti kuzatuvchi bo‘lgan.
Yo‘l halokati natijasida qurbonlar bo‘lmadi. Faqat bir pedagog tan jarohatlari olgan. Unga o‘sha joyning o‘zida yordam ko‘rsatildi va kasalxonaga olib borishning zarurati bo‘lmagan. Boshqa hech kim jabr chekmadi.
Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib borgan. Bolalar Orel shahriga qaytarib yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, 3 fevralda Rossiya federatsiyasining Kaluga oblastida 33 nafar bolani olib ketayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketgan edi. Yetti inson halok bo‘lgan, ulardan 4 nafari bolalar edi. Avtohalokatga muzlagan yo‘l va inson faktori sabab qilib ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter