Toshkent-Moskva yo‘nalishida uchgan samolyotda janjal kelib chiqdi
Bortida 210 nafar yo‘lovchisi bilan Toshkent-Moskva yo‘nalishida uchgan Uzbekistan Airways’ning HY-601 reysi Domodedovo aeroportiga 2 marta urinishdan so‘ng ham qo‘na olmadi. Bu haqda Baza Telegram-kanali xabar bermoqda.
Shundan so‘ng samolyot Vnukovo aeroportiga yo‘naltirilgan va qo‘ndirilgan. Ammo uning yo‘lovchilariga to‘rt soat davomida bortni tark qilishlariga ruxsat berilmagan. Natijada yo‘lovchilar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
«Toshkentdan havoga ko‘tarilgan samolyot Domodedovoga qo‘nishi kerak edi. Aeroport bo‘ylab ikki aylanib o‘tib, u Vnukovoga yo‘naltirildi. Ob-havo noqulayligi sabab qilib ko‘rsatildi. Soat 21:38 da qo‘ngach, yo‘lovchilar samolyotga qamab qo‘yilgan. Aeroport negadir odamlarni tashish uchun avtobus ajratishdan bosh tortdi. Bir necha soatdan keyin bortda mushtlashuv boshlandi. Qizlardan birining mazasi qochdi. Shifokorlar ham chaqirilgan», – deyiladi xabarda.
Hozircha, Uzbekistan Airways mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter