Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev: «Turkiston – Chimkent – Toshkent tezyurar temir yo‘l magistrali qurilishi rejalashtirilmoqda»

To‘qayev: «Turkiston – Chimkent – Toshkent tezyurar temir yo‘l magistrali qurilishi rejalashtirilmoqda»

Foto: «Zakon.kz»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev monopoliyalarga va bozorlarga chiqish yo‘lida o‘rnatilgan sun’iy to‘siqlarga qarshi boshlangan kurash investorlar uchun mamlakat iqtisodiyotida qatnashish imkoniyatini kengaytirishini ta’kidladi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

Qo‘shni mamlakat davlat rahbarining aytishicha, mamlakatga kiritilayotgan xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning 35 foizi tog‘-kon sanoatiga to‘g‘ri kelmoqda. Agrosanoat kompleksi, turizm, qayta ishlash sanoati va transport kabi raqobatbardosh sohalarning imkoniyatlari e’tibordan chetda qolmoqda, dedi To‘qayev.  

To‘qayev mamlakatning transport-logistika sohasidagi salohiyoti yuqoriligiga urg‘u berdi. Ta’kidlanishicha, Xitoy – Yevropa yo‘nalishida tashuvlarning 83 foizi Qozog‘iston hududi bo‘ylab o‘tadi.

Qozog‘iston prezidenti yirik ko‘lamli temir yo‘l loyihalari amalga oshirilishini ma’lum qildi. Xususan, rejalashtirilayotgan Darboza — Maqtaorol yangi temir yo‘li Rossiyadan Markaziy Osiyoga tranzit tashuvlarini faollashtiradi, Turkiston – Chimkent – Toshkent tezyurar temir yo‘l magistrali qurilishi rejalashtirilmoqda, dedi To‘qayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring