Temir yo‘lda yo‘lovchilarga yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul beriladi

«Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (851-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
- Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar ro‘yxati;
- Temir yo‘l transporti sohasida bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati;
- Temir yo‘l transporti sohasida iste’molchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.
Bunda iste’molchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter