Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Makronning Qozog‘istonga ilk tashrifi ahamiyatini baholadi

To‘qayev Makronning Qozog‘istonga ilk tashrifi ahamiyatini baholadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Fransiya rahbari Emmanuel Makronning Ostonaga ilk tashrifi o‘zaro hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichda olib chiqishini ta’kidladi.

Oqo‘rda matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 noyabr kuni ikki davlat rahbari Ostonada tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi.

«Fransiya – Qozog‘istonning Yevropa Ittifoqidagi muhim va ishonchli hamkori. O‘tgan yili o‘zaro tovar aylanmasi 30 foizga ortib, 4 milliard dollarga yetdi. Ikki tomonlama savdo hajmi joriy yilning 8 oyida o‘tgan yilga qaraganda 21 foizga o‘sgan holda 2,7 milliard dollarni tashkil etdi», – dedi Q.To‘qayev.

Qayd etilishicha, Fransiya Qozog‘iston iqtisodiyotiga 18,7 milliard dollar sarmoya kiritgan bo‘lib, energetika, qurilish, aerokosmos, farmatsevtika, tog‘-kon va kimyo sanoati yo‘nalishlarida hamkorlikda loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida, Makron Qozog‘iston bilan aloqalarga yuqori baho bergan va energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorlikning ahamiyatini urg‘ulagan.

Fransiya prezidenti E.Makron ilk bor Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Avval xabar berganimizdek, uning galdagi tashrif manzili O‘zbekiston bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring