Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon»dan Pokistonga qochgan afg‘onistonliklar mamlakatdan ommaviy deportatsiya qilinmoqda

«Tolibon»dan Pokistonga qochgan afg‘onistonliklar mamlakatdan ommaviy deportatsiya qilinmoqda

Pokiston hukumati mamlakatda noqonuniy yashayotgan xorijliklarni deportatsiya qilishni boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, respublikadan chiqarib yuborilayotganlarning aksariyati Afg‘onistondan.

The Guardian bir oy oldin Islomobod barcha noqonuniy muhojirlarga Pokistonni ixtiyoriy ravishda tark etishni buyurgani, topshiriqni bajarish muddati 1 noyabrga o‘tar kechasi tugagani haqida yozgan. Shundan so‘ng hukumat mamlakat hududida noqonuniy yashab kelayotgan afg‘on qochqinlarini hibsga olish va Afg‘onistonga deportatsiya qilish kampaniyasini boshlagan.

«Qo‘limizda Pokistonda noqonuniy yashayotganlar haqida ma’lumotlar bor. Biz eshikma-eshik yurib, muhojirlarni tekshiruvdan o‘tkazdik. Ularni ushlab, deportatsiya qilamiz. Ayni paytda butun mamlakat bo‘ylab, jumladan, poytaxtda ham o‘nlab noqonuniy muhojirlar hibsga olingan», — deb aytgan Pokiston ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sarfraz Bugti.

Vazirga ko‘ra, Pokistonning immigratsiya siyosatini qat’iylashtirgani sababli kamida 200 ming kishi allaqachon Afg‘onistonga qaytgan.

BBC afg‘onlarga ko‘ra, politsiya maxsus immigratsiyasi vizasiga ega va Pokistonda qonuniy qochqin hisoblanganlarni ham hibsga olayotganini haqida xabar bergan.

Inson huquqlari tashkilotlari, jumladan Amnesty International Pokistonning «noqonuniy» xorijiy fuqarolarni deportatsiya qilish rejasini tanqid qildi. BMT ham mamlakat hukumatini «inson huquqlari sohasidagi halokat»ning oldini olish uchun afg‘onlarni deportatsiya qilishni to‘xtatishga chaqirdi.

BMT Inson huquqlari boshqarmasi spikeri Ravina Shamdasani deportatsiyaga uchraganlarning ko‘pchiligi Afg‘onistonga qaytarilsa, inson huquqlari buzilishi, jumladan, o‘zboshimchalik bilan qo‘lga olish va qamash, qiynoqlar, shafqatsiz va g‘ayriinsoniy munosabatga duchor bo‘lishi mumkinligidan xavotirda ekanini bildirgan.

«Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarning hukumatlariga davlat sifatida o‘z zimmasiga olgan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlari va inson huquqlarini himoya qilish, ilgari surish va bajarish bo‘yicha majburiyatlarini eslatamiz. Jumladan, Pokiston hukumatini inson huquqlari falokatiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kech bo‘lmasdan turib, afg‘on fuqarolarini majburiy deportatsiya qilishni to‘xtatishga chaqiramiz», degan Shamdasani.

Uning ta’kidlashicha, qish yaqinlashar ekan, har qanday ommaviy deportatsiyalar shu oy Hirot viloyatida sodir bo‘lgan bir qator vayronkor zilzilalardan so‘ng davom etayotgan Afg‘onistondagi dahshatli gumanitar inqirozni muqarrar ravishda yomonlashtiradi. BMT vakili keltirgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Afg‘onistonda yashayotgan 43 million aholining aksariyati, ya’ni 30 millionga yaqini insonparvarlik yordamiga muhtoj.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda Pokistonda ikki milliondan ortiq hujjatsiz afg‘on istiqomat qiladi, ulardan kamida 600 ming nafari «Tolibon» 2021 yil avgustida hokimiyatga qaytganidan keyin kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring