Tojmahalning rangi nega o‘zgardi?
Hindiston konstitutsiyaviy sudi hukumatga mamlakatning ramzi bo‘lgan Tojmahalning iflos havo tufayli rangi o‘zgargani, uni o‘z holiga qaytarish uchun chet eldan ko‘mak qidirib topish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar qilmoqda.
XVII asrda bunyod etilgan Tojmahalning marmarlari iflos havo tufayli sarg‘aygani, ayrim joylari qo‘ng‘ir hamda yashil tusga kirgani aytilmoqda.
Shu bilan birga, tarixiy obida yaqinidagi zavod va fabrikalardan chiqayotgan chang-g‘ubor ham Tojmahalga zarar yetkazyapti. Shu bois hukumat ziyoratgohga yaqin zavod va fabrikalarni ko‘chirishga topshiriq berdi.
Obida yonidan oqib o‘tuvchi Yamuna daryosi balchiq bo‘lgani sababli turli hasharotlar ko‘payib, obidaga zarar yetkazmoqda.
Tojmahal 1643-yili Boburiylar tomonidan Mumtozmahal begimga atab qurilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter