Tojmahal buziladimi?
Hindiston oliy sudi mamlakat markaziy va mintaqaviy rahbarlarini Tojmahalni buzish masalasini ko‘rib chiqish haqida ogohlantirdi. Bu haqda «Hindustan Times» nashri ma’lumotlariga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bunday tadbirlar yodgorlik holati bilan bog‘liq. Tojmahal juda ifloslanib ketgan va asta-sekin qulab tushishi mumkin.
Sud hukumatni Tojmahalga e’tibor qaratmagani uchun ayblamoqda.
«Har yili Eyfel minorasini 80 million kishi tomosha qiladi. Bu Tojmahalnikidan 8 marta ko‘p. Lekin Tojmahal Eyfel minorasiga qaraganda jozibadorroq. Mansabdorlarning befarqligi tufayli mamlakat katta miqdorda valyutani boy beradi», – degan sudyalardan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter