Tailandda sovuq! Qurbonlar soni olti kishiga yetdi
Tailandda keyingi kunlarda havo haroratining favqulodda sovib ketishi oqibatida olti kishi vafot etdi, bu haqda «Bangkok Post» gazetasiga asoslanib «REGNUM» xabar berdi.
Qirollikning nisbatan eng issiq hududlari — sharqiy va markaziy Tailandda Selsiy bo‘yicha 13−18 daraja iliq havo hukmron. Shimol va shimoli-sharqda esa havo harorati +14 darajadan +5 darajagacha pasayib ketgan.
Ma’lumot uchun: Tailand havosi nam, tropik, subekvatorial va ekvatorial mintaqalarda joylashgan issiq o‘lka. To‘g‘ri, mamlakat shimolida dekabr—fevral oylarida ba’zida kechalari havo harorati qariyb nulgacha tushsa-da, kunduzlari odatda +25 daraja iliq bo‘ladi. Tailandliklar +5 darajaga ko‘nikishmagan — og‘ir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter