Tailandda sovuq! Qurbonlar soni olti kishiga yetdi
![Tailandda sovuq! Qurbonlar soni olti kishiga yetdi](https://static.xabaruz.com/crop/6/7/720_460_95_675399773.png)
Tailandda keyingi kunlarda havo haroratining favqulodda sovib ketishi oqibatida olti kishi vafot etdi, bu haqda «Bangkok Post» gazetasiga asoslanib «REGNUM» xabar berdi.
Qirollikning nisbatan eng issiq hududlari — sharqiy va markaziy Tailandda Selsiy bo‘yicha 13−18 daraja iliq havo hukmron. Shimol va shimoli-sharqda esa havo harorati +14 darajadan +5 darajagacha pasayib ketgan.
Ma’lumot uchun: Tailand havosi nam, tropik, subekvatorial va ekvatorial mintaqalarda joylashgan issiq o‘lka. To‘g‘ri, mamlakat shimolida dekabr—fevral oylarida ba’zida kechalari havo harorati qariyb nulgacha tushsa-da, kunduzlari odatda +25 daraja iliq bo‘ladi. Tailandliklar +5 darajaga ko‘nikishmagan — og‘ir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter