Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailand qiroli qamoqxonani supurdi (foto)

Tailand qiroli qamoqxonani supurdi (foto)

Foto: «AsiaOne»

Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn Rama X va Sininat Vongvajirapakdi qamoqxonalarga safari paytida olingan fotosuratlar e’lon qilindi. Bu haqda «AsiaOne» xabar bermoqda.

Ba’zi suratlarda Maxa va Sininat shaxsan o‘zlari supuryapti. Boshqalarda faqat Sininat suratga tushgan: u o‘simliklarni parvarish qilyapti, ayollar qamoqxonasi mahbuslari davrasida qo‘lida ketmon bilan balchiqda turibdi. Ba’zi fotosuratlar Maxaning qamoqxona ma’murlari va mahbuslar bilan uchrashuvlariga bag‘ishlangan. Bunday tadbirlarda qirolning o‘zidan boshqa hamma tiz cho‘kadi.

Maxa va Sininat 2020-yil noyabr va dekabr oylarida qamoqxonalarga tashrif buyurishdi. Safar bir necha oylik talabalar monarxiyani isloh qilishni talab qilgan noroziliklari fonida amalga oshirildi. Sininat, qirolicha Sutxida va Maxaning qizlari ham Tailandning turli joylariga sayohat qilib, qirol hokimiyatining mashhurligini oshirish maqsadida mahalliy aholi bilan uchrashdilar.

Sininat Vongvajirapakdi 2019-yil iyulda olijanob qirol konsorti etib tayinlangan. Atigi uch oydan so‘ng podshoh g‘azabiga uchradi: unvonidan mahrum qilinib, Lat Yao ayollar qamoqxonasiga tashlandi. 2020-yil sentyabrda Sininat ozod etildi, ammo qirolicha Sutxida va saroy a’yonlari unga qarshi fitna uyushtirishda davom etmoqda. Aytishlaricha, Sininatdan o‘g‘irlangan yuzlab ishqiy fotosuratlarning Internetda paydo bo‘lishida ularning qo‘li bor.

Sutxida — 68 yoshli qirolning to‘rtinchi xotini, sobiq styuardessa va shaxsiy qo‘riqchilarining boshlig‘i. Nikoh 2019-yil may oyida tuzilgan. Bungacha Maxa qarindoshi Mom Luang Soamsavali Kitiyakara, aktrisa Yuvadxida Polpraset va oddiy Srirasmi Akxarafongprich bilan turmush qurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring