Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada urush sabab to‘xtab qolgan zavod ishga tushdi

Suriyada urush sabab to‘xtab qolgan zavod ishga tushdi

Foto: «Novosti»

Suriyaning Aleppo shahrida urush sabab faoliyati uzoq vaqt to‘xtab qolgan elektr kabellari va simlarni ishlab chiqaruvchi zavod qayta ishga tushdi. Bu haqda zavod direktori Abdulatif Naasan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Novosti» axborot agentligi.

Ayni damda ikkita sex va omborxona tiklangan. Urushgacha bu yerda 400 kishi mehnat qilgan, endi esa 120 kishi ishlamoqda. Direktorning aytishicha, 120 kishini to‘plash ham oson kechmagan. U ishchilarni butun mamlakat bo‘ylab ikki yil davomida yig‘gan. Sababi mutaxassislarning bir qismi harbiy hizmatda bo‘lgan, yana bir qismi mamlakatni tark etgan, yosh yigitlarni esa kichik maosh qoniqtirmagan.

Hozirda zavoddagi eng katta muammo texnik qurilmalarning eskiligi bo‘lib qolmoqda. Jangarilardan omon qolgan qurilmalar bundan 30 yil avval Yevropadan keltirilgan, ularning qismlarini topishning imkoni yo‘q, yangilarini esa mamlakatga qo‘yilgan sanksiyalar sabab sotib olib bo‘lmaydi.

Zavodda ishlab chiqariladigan kabellar mamlakatning energetika tarmog‘ini tiklashga xizmat qiladi. Avval bu yerda bir oyda 1,4 tonnaga yaqin mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich bir yilga to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring