Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada motam e’lon qilindi

Suriyada motam e’lon qilindi

Suriya g‘arbidagi Xoms shahrida joylashgan harbiy kollejga 5 oktyabr kuni dronlar hujum qilishi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘ldi, 240 kishi jarohatlandi.

Qurbonlar orasida tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar ham bor.

Hujum harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari ishtirok etgan bitiruv marosimi vaqtida sodir bo‘lgan.

Suriya Mudofaa vazirligi hujumda «taniqli xalqaro partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan terrorchilik guruhlari»ni aybladi va hujumga javob qaytarishga va’da berdi.

Hozircha hech bir guruh sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Suriya hukumati qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring