Suriyada motam e’lon qilindi
Suriya g‘arbidagi Xoms shahrida joylashgan harbiy kollejga 5 oktyabr kuni dronlar hujum qilishi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘ldi, 240 kishi jarohatlandi.
Qurbonlar orasida tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar ham bor.
Hujum harbiy xizmatchilar va ularning yaqinlari ishtirok etgan bitiruv marosimi vaqtida sodir bo‘lgan.
Suriya Mudofaa vazirligi hujumda «taniqli xalqaro partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan terrorchilik guruhlari»ni aybladi va hujumga javob qaytarishga va’da berdi.
Hozircha hech bir guruh sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Suriya hukumati qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter