Ukrainada Zelenskiyga «raqib» topildi
Ukraina prezidenti devoni rahbarining sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovich mamlakatdagi bo‘lajak prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirayotganini aytdi.
Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.
«Ha, men harakat qilaman», dedi u prezidentlikka nomzodini qo‘yishi bo‘yicha savolga.
Avvalroq Strana.ua nashri ukrainaliklarning aksariyati mojaro davom etayotganiga qaramay, mamlakatda saylov o‘tkazish takliflariga salbiy munosabatda ekanini yozgan edi. Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti so‘roviga ko‘ra, respondentlarning 81 foizi ovoz berishga qarshi chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, urush sharoitida Ukrainada prezident saylovlari bo‘lmasligi ehtimoli katta. Amaldagi prezident Vladimir Zelenskiy 2019 yilda saylangan va uning muddati keyingi yil rasman tugaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter