Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sloveniya ham Isroil uchun «sovg‘a» tayyorladi

Sloveniya ham Isroil uchun «sovg‘a» tayyorladi

Sloveniya hukumati Falastinni suveren davlat sifatida tan olishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

«Bugun Sloveniya hukumati Falastinning mustaqilligi va suverenitetini tan olishga qaror qildi va uni Milliy Assambleyaga taqdim etdi», — deyiladi departament bayonotida.

Avvalroq Lyuksemburg, Portugaliya va Belgiya kabi davlatlar ham yaqin kelajakda Falastinni tan olish niyatida ekani ma’lum bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni Yevropaning uchta davlati – Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya Falastinni suveren davlat sifatida tan oldi.

Yevropa davlatlarining mazkur qarorlari Isroilni qattiq xavotirga solishi tabiiy. Rasmiy Tel-Aviv avvalroq Ispaniya, Irlandiya va Norvegiyaning elchilarini chaqirgani ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring