Sayohat uchun qulay bo‘lgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Mutaxassislar 2020-yilda tashrif buyurish kerak bo‘lgan davlatlar reytingini tuzishdi. Ro‘yxatda birinchi pog‘onani Xitoy va Hindiston o‘rtasida joylashgan Butan qirolligi egalladi.
Ushbu ma’lumotlar Lonely Planet sayyohlik portalining yillik tadqiqot natijalarida aks etgan. Himolay tog‘ining bir qismida joylashgan bu qirollik tashrif buyuruvchilarga o‘zining tog‘li yo‘llari, yovvoyi tabatidan bahramand bo‘lish, atrof-muhit bilan uyg‘un bo‘lishga intiladigan insonlar bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Ularning fikricha, «kuchli beshlikni» Angliya, Shimoliy Makedoniya, Qarib dengizidagi Aruba orol mamlakati va Janubiy Afrikada joylashgan Esvatini qirolligi egallagan.
Top-10 dan o‘rin olgan davlatlar esa quyidagilar: Kosta-Rika, Niderlandiya, Liberiya, Marokash va Urugvay.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter