Sayyohlik va dam olish uchun eng yaxshi shahar ma’lum qilindi
![Sayyohlik va dam olish uchun eng yaxshi shahar ma’lum qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2566745188.jpg)
Parij 2024-yilda sayyohlik uchun dunyoning eng yaxshi shahri deb topildi. 20 ta eng yaxshi yo‘nalish bo‘yicha tegishli reyting Euromonitor International bozor tadqiqotlari xizmati mutaxassislari tomonidan taqdim etildi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rin Madridga, uchinchi o‘rin Tokioga nasib etdi. Kuchli beshlikka Rim va Milan shaharlari yakun yasadi. Shuningdek, Nyu-York, Amsterdam, Sidney, Singapur, Barselona, Taybey, Seul, London, Dubay, Berlin, Osaka, Bangkok, Los-Anjeles, Istanbul, Melburn ham yuqori o‘rinlarda qayd etildi.
Aniqlik kiritilishicha, reyting iqtisodiyot va biznes samaradorligi, turizm imkoniyatlari, infratuzilma, turizm siyosati va jozibadorligi, salomatlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanishga oid ma’lumotlarga asoslanadi.
Avvalroq National Geographic 2025-yilda sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi joylar nomini e’lon qilgan edi. Bularga Gvatemaladagi Antigua va AQShning Florida shtatidagi Okala shaharlari kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter