Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saakashvilining qamoqxonada ahvoli keskin yomonlashgani aytilmoqda

Saakashvilining qamoqxonada ahvoli keskin yomonlashgani aytilmoqda

Qamoqxonada o‘n kunlik ochlikdan so‘ng, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ahvoli yomonlashgan. Bu haqda siyosatchining shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze ma’lum qilgan.

«U harakatlanish va gaplashishga qiynalmoqda. Men uning ruxsati bilan sizga Saakashvilida qon kasalligi — talassemiya (gemoglobin genlari shikastlanganda paydo bo‘ladigan irsiy kasallik) borligini ma’lum qilaman. Bu o‘limga olib keluvchi kasallik emas, lekin u mutlaqo och qola olmaydi. Men u bilan ertaga uchrashaman va o‘ylaymanki, biz uni kasalxonaga o‘tkazamiz», —degan shifokor «Mtavari Arxi» telekanali efirida.

Uning aniqlik kiritishicha, mahbusning ahvoli oxirgi ikki kun ichida keskin yomonlashgan.

Kipshidze, shuningdek, Gruziya jazoni ijro etish xizmati boshlig‘i Nika Sxvariashvilining jurnalistlarga, Saakashvili asal yeyayotgani va tabiiy sharbatlarni ichishni boshlaganligini aytgan so‘zlarini rad etgan.

«Undan birgalikda bir osh qoshiq asal bilan choy ichishni so‘radim, u qat’iyan rad etdi. U oxirigacha kurashishga qaror qilganini aytdi, bu uning hayoti ... Uning asal iste’mol qilayotgani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on. Saakashvili ochlik davomida 14 kilogramm 100 grammga ozgan»— deya ta’kidlagan shifokor.

Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident oktyabr oyi boshida vataniga qaytganini e’lon qilgandi. Saakashvili qo‘lga olingach, u qamoqxonada ochlik e’lon qildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring