Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘g‘lim skeletga aylandi» — Saakashvilining onasi

«O‘g‘lim skeletga aylandi» — Saakashvilining onasi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining onasi Giuli Alasaniya o‘g‘lining ahvoli og‘ir ekani va kasallik tufayli nihoyatda holdan toyganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

«U skeletga aylandi. O‘rnidan tursa, umurtqa pog‘onasi qiyshiq, yuz yoshli qariyadek zo‘rg‘a qimirlayapti. Oziq-ovqatga kelsak, u yeydi, lekin, aftidan, tana ovqatni hazm qilmayapti», dedi Alasaniya.

Uning qayd etishicha, sobiq prezidentning advokati Gruziya sudi Saakashvilini xorijda davolanish uchun qo‘yib yuborish so‘rovini rad etganidan keyin Yevropa sudiga da’vo arizasi yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili muntazam ravishda jismoniy va ruhiy qiynoqlarga duchor bo‘lgani va tanasida og‘ir metallardan zaharlanish belgilari borligini, qamoqda 20 dan ortiq jiddiy kasalliklardan aziyat chekayotganini aytgandi. «Men o‘lyapman», deb bayonot bergandi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring