Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyada aholi sobiq prezident Saakashvilini xorijda davolanish uchun qo‘yib yuborishni talab qilmoqda

Gruziyada aholi sobiq prezident Saakashvilini xorijda davolanish uchun qo‘yib yuborishni talab qilmoqda

Kecha, 4-yanvar kuni Gruziyaning bir nechta shaharlarida qamoqdagi sobiq prezident Mixail Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Mtavari Channel» telekompaniyasi ma’lum qildi.

Namoyishchilar hukumatdan sudlangan sobiq davlat rahbarini xorijda davolanish uchun qo‘yib yuborishni talab qilishmoqda.

Turli shaharlardagi mitinglar mahalliy telekanallar tomonidan translyasiya qilindi.

Mitinglarning bir qismini Gruziya muxolifatidagi Birlashgan Milliy Harakat partiyasi a’zolari, xalqaro mitinglarni esa huquqshunos va huquq himoyachisi Mark Feygin uyushtirgan.

Miting ishtirokchilari qo‘llarida Vivamed klinikasida yotgan Saakashvilini ozod etish talablari yozilgan plakatlarni ushlab turibdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, uning ahvoli shunchalik og‘irki, agar rasmiylar uni tezroq xorijga qo‘yib yubormasa, o‘lishi mumkin. Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari navbatchilik qilmoqda, namoyish tinch o‘tmoqda.

Ma’lumot uchun, Saakashvili 2021-yilning 1-oktyabr kuni Gruziyada hibsga olingan, unga nisbatan bir qancha jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Siyosatchi bankir Sandro Girgvlianining o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi bo‘yicha ishlar bo‘yicha sirtdan sudlangan. Birinchi holatda Saakashvili uch yilga, ikkinchisida olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Gruziya bosh vaziri Irakliy Gariboshvili Saakashvili uzoq muddat qamoqda qolishini, u butun muddatini o‘tashini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring