Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Men o‘lyapman»: Saakashvili jiddiy bayonot bilan chiqdi

«Men o‘lyapman»: Saakashvili jiddiy bayonot bilan chiqdi

Mixail Saakashvili.

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqxonada sog‘lig‘i keskin yomonlashganini va  tezda «o‘lishini» aytdi.

Bu haqda Politico ma’lumot bergan. 

«Qamoqxonada sog‘ligim keskin yomonlashdi. Men hozir o‘layapman», — deydi Saakashvili.

«Men muntazam ravishda jismoniy va ruhiy qiynoqlarga duchor bo‘ldim va hozirda tanamda og‘ir metallardan zaharlanish belgilari bor. Qamoqda bo‘lganimda paydo bo‘lgan 20 dan ortiq jiddiy kasalliklardan aziyat chekyapman.

Saakashvili 2021-yil oktyabr oyida Gruziyaga qaytib kelganida «54 yoshli sog‘lom, baquvvat odam» bo‘lganini ta’kidladi.

«Mamlakat tashqarisida tegishli tibbiy yordam olmasam, tez orada o‘lishim tobora oydinlashmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u. Sobiq prezident mazkur holatda Rossiya rahbari Vladimir Putinni ham ayblab chiqqan. 

U AQSh va xalqaro hamjamiyatni Gruziya hukumatiga diplomatik bosim o‘tkazib, uning hayotini saqlab qolish uchun qo‘lidan kelganini qilishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring