Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning yirik desant kemasi portlashida qancha odam halok bo‘lgani aytildi

Rossiyaning yirik desant kemasi portlashida qancha odam halok bo‘lgani aytildi

Ukraina qurolli kuchlarining Feodosiyaga hujumi paytida qurbon bo‘lganlar soni ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, hujumi qurbonlari soni 4 nafarga yetgan. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Igor Skurtul ma’lum qildi.

Feodosiyada yong‘in o‘chirilgan – bunga 250 nafar qutqaruvchi va 50 ta texnika jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Novocherkassk» yirik desant kemasi bugun tunda Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan raketa hujumiga uchradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring