Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada Yaponiya konsuli hibsga olindi

Rossiyada Yaponiya konsuli hibsga olindi

Motoki Tatsunori

Yaponiya konsuli Motoki Tatsunori josuslikda ayblanib hibsga olingan.

Vladivostokda FSB xodimlari tomonidan Yaponiya konsuli Motoki Tatsunori josuslikda ayblanib, qo‘lga olindi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Qayd etilishicha, elchi pul evaziga Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan biri bilan hamkorligining dolzarb jihatlari, G‘arb sanksiyalarining Primorsk o‘lkasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotni olayotganda hibsga olingan. Tatsunori persona non grata deb e’lon qilindi.

O‘z navbatida, Yaponiya Vladivostokdagi konsul hibsga olinganidan keyin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga norozilik bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring