Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada  sodir bo‘lgan YTHda 55 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyada  sodir bo‘lgan YTHda 55 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Tyumen viloyati hududidagi Tyumen – Xanti-Mansiysk magistralining 178-kilometrida sodir bo‘lgan YTHda o‘zbekistonlik vafot etdi.

Mahalliy politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa «Gazel» va «VAZ 2107» avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan. Avtomobillardan biri qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va YTH oqibatida 24 yoshli furgon haydovchisi jarohatlangan.

55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan «VAZ 2107» haydovchisi esa vafot etgan.

Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring