Rossiyada namoyishlar avj olmoqda (foto)
Harbiy safarbarlikka qarshi Rossiya bo‘ylab o‘tkazilayotgan namoyishlarda mingdan ortiq kishi hibsga olindi.
Inson huquqlari bo‘yicha «OVD-Info» hisobiga ko‘ra, kuni kecha 38 shaharda safarbarlikka qarshi namoyishlarda 1386 kishi hibsga olingan.
Ayniqsa, Moskva va Sankt-Peterburgda qo‘lga olinganlar soni ko‘p.
Tinch namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilgan, Sankt-Peterburgda odamlar dubinkalar bilan kaltaklangan.
Ayrim qo‘lga olinganlarga politsiya bo‘linmalarida ertasi kuni voyenkomatga kelish to‘g‘risidagi povestkalar berilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter