Rossiya tunda Ukrainaning bir nechta shaharlariga raketa hujumi uyushtirdi

Bugun 28 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk va Cherkass viloyatlari, shuningdek, Kiyev shahri va Kiyev viloyatlariga raketa hujumi uyushtirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning Uman shahriga berilgan raketa hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan. Vayronalar ostidan 3 kishi chiqarib olingan. 17 kishi jabrlangan, uch bola qutqarilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Umanga berilgan raketa zarbasi natijasida 10 ga yaqin ko‘p qavatli uy zarar ko‘rganini ta’kidlagan.
Dneprga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki yoshli qiz va 31 yoshli ayol halok bo‘lgan.
Kiyev shahri va Kiyev viloyatiga qarata otilgan barcha raketalar urib tushirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter