Roman Abramovich Isroil pasportini oldi
«Rossiyalik biznesmen Roman Abramovich Tel-Avivga uchib keldi va Isroil pasportini oldi. Bu haqda mahalliy «Uay-Net» internet nashri xabar berdi», — deya yozmoqda «RIA Novosti».
Milliarder fuqarolikni rasmiylashtirganidan so‘ng darhol Isroilni tark etgan.
Abramovich kelib chiqishi yahudiy bo‘lganligi uchun Isroil fuqaroligini qabul qilishga haqli hisoblanadi.
Isroil fuqaroligi Abramovichga Buyuk Britaniya kabi o‘ndan ortiq davlatga vizasiz kirish imkonini beradi. Shuningdek, «repatriant» maqomi esa unga mamlakatda 10 yilgacha soliqlardan ozod bo‘lish va yangi vatanda o‘rnashib olish uchun yordam olish imkoniyatini taqdim etadi.
Hozircha na Abramovich, na uning yaqinlaridan biror kishi ushbu xabarni izohlagani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter