Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘liga Checheniston Qahramoni unvoni berildi

Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘liga Checheniston Qahramoni unvoni berildi

Qur’onni yoqishda ayblangan Nikita Juravelni tergov izolyatorida kaltaklagan Adam Qodirovga Checheniston Qahramoni unvoni berildi.

Bu haqda Davlat dumasining Chechenistondan saylangan deputati Adam Delimxanov xabar berdi.

Delimxonov o‘zining Telegram-kanalidagi postida «aziz jiyani» Adam Qodirovning yutuqlarini sanab o‘tgan. Jumladan, kichik Qodirovning Qur’onni yod olgani va «aralash yakkakurashlar bo‘yicha nufuzli turnirlarda bir qancha g‘alabalarni qo‘lga kiritgani» shular jumlasidandir.

«Checheniston Qahramoni» unvoni qahramonlik ko‘rsatish bilan bog‘liq mintaqa va respublika xalqi oldidagi ulkan xizmatlari uchun beriladi.

Avvalroq Checheniston rahbarining to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova «Checheniston xalq artisti» unvoniga sazovor bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring