Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov Erdo‘g‘onga keskin ohangda murojaat qildi

Ramzan Qodirov Erdo‘g‘onga keskin ohangda murojaat qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiyaning Kojaeli viloyatida chechenistonlik arbob Joxar Dudayev nomidagi istirohat bog‘i ochilishiga keskin munosabat bildirib, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga murojaat qildi.

Qodirovning munosabati Turkiyada keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Qodirov o‘zining Telegram-kanalida Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Dudayevni minglab tinch aholining o‘limiga aloqador bo‘lgan terrorchi deb atagan. Shu munosabat bilan u bog‘ ochilgandan so‘ng rasmiy Anqarani «terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda» ayblagan.

«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ochiq murojaat qilaman: bir qarorga keling! Yo terrorchilarni ochiq qo‘llab-quvvatlovchi davlat maqomini olasiz yoki Rossiya Federatsiyasi bilan shaffof va halol munosabatlarni himoya qilasiz», — deb yozgan Checheniston rahbari.

Qodirov Grozniyda Kurdiston ishchilar partiyasi asoschisi, Turkiya qamoqxonasida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Abdulla O‘jalan nomini abadiylashtirish bilan tahdid qilgan.

Turkiyaning bir qator OAVlari Qodirovning turk kurdlari yetakchisiga haykal o‘rnatish haqidagi taklifiga salbiy munosabat bildirgan. Xususan, Daily Sabah gazetasi Qodirovning so‘zlarini tahdid deb hisoblaydi va Kurdiston ishchilar partiyasi rahbari Abdulla O‘jalanni «terrorchi» deb atashgan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, Turkiya hukumatining Dudayev nomini bog‘lardan biriga berish haqidagi qarorini Checheniston aholisi uchun og‘riqli deb hisoblagan.

«Diplomatik kanallar orqali biz turkiyalik hamkasblarimizga, yumshoq qilib aytganda, Turkiya shaharlaridan biridagi maydonga bunday nom berilishini ma’qul ko‘rmasligimizni allaqachon ma’lum qildik», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring