Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raketa zarbalari oqibatida Poltavada 41 kishi halok bo‘ldi

Raketa zarbalari oqibatida Poltavada 41 kishi halok bo‘ldi

Foto: Delfi

Ukrainaning Poltava shahriga Rossiya tomonidan berilgan raketa zarbalari oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi, 180 dan ortiq odam jarohatlangan. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bayonot berdi.

Aytilishicha, seshanba tongida shaharga ballistik raketalar yog‘dirilgan, ularning ayrimlari o‘quv muassasasi va yonidagi shifoxonaga kelib tushgan.

«Aloqa instituti binolaridan biri qisman vayron qilingan. Odamlar vayronalar ostida qolib ketgan. Ularning ko‘pchiligi qutqarildi. Jarohatlanganlar 180 dan ortiq. Afsuski, halok bo‘lganlar juda ko‘p. Hozirda 41 nafar qurbon haqida ma’lumotga egamiz», — dedi Zelenskiy.

Barcha favqulodda xizmatlar qutqarish ishlariga jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring